Biz haqimizda
Talaba vaqtini formatga emas, mazmunga sarflashi uchun
Yozamiz — referat, mustaqil ish, esse va kurs ishi tayyorlash xizmati. Hujjat mavzungiz bo'yicha yoziladi va oliy ta'lim muassasalari talablariga mos .docx faylga rasmiylashtiriladi.
Nega boshladim
Talabalik yillarimda har semestrda vazifalarni referat ko'rinishida topshirardik. Vaqtning katta qismi mazmunga emas, rasmiylashtirishga ketardi: titul varaqasi, hoshiyalar, mundarija raqamlari. Kursdoshlarimning ishlari ham ko'pincha mazmuni emas, formati uchun qaytarilardi.
Yozamiz shu tajribadan boshlangan — talaba vaqtini formatga emas, mazmunga sarflashi uchun. Men titul varaqasidan adabiyotlar ro'yxatigacha OTM talablariga mos hujjat tayyorlaydigan tizim qurdim va shu bilimni qo'llanmalarda ochiq ulashaman.
Asoschi
Asadbek Jalolov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi (2026).
Farg'ona va Toshkent
Matn haqida
Matn mavzungiz uchun noldan yoziladi — tayyor bazadan yoki arxivdan ko'chirilmaydi. Hujjat oddiy .docx faylda beriladi: uni Word, WPS Office yoki Google Docs'da ochib, istalgancha tahrirlashingiz mumkin.
Savol yoki taklif bo'lsa — aloqa sahifasi orqali yozing.