Hamkorlik
Universitetingiz talablarini yuboring
Har bir universitet va kafedraning rasmiylashtirish talablari farq qiladi: titul varaqasi, hoshiyalar, mundarija ko'rinishi, adabiyotlar ro'yxati tartibi. Hozir hujjatlar umumiy OTM standarti bo'yicha tayyorlanadi. O'z kafedrangiz talablarini yuborsangiz, hujjatlar aynan sizning universitetingiz talabiga mos rasmiylashtiriladigan bo'ladi — sizga ham, kursdoshlaringizga ham.
Material tekshiruvdan o'tsa — sizni bonus kutmoqda
Bonus saytdagi balansingizga qo'shiladi. Har bir universitet va hujjat turi bo'yicha tekshiruvdan o'tgan birinchi material uchun albatta beriladi.
Nima yuborish kerak
Qanday yuboriladi
- 1Universitet va fakultet nomini yozing.
- 2Qaysi hujjat turi uchun ekanini yozing: referat, mustaqil ish, kurs ishi va h.k.
- 3Faylni yuboring — PDF, Word yoki rasm.
- 4Saytdagi hisobingiz emailini yozing.
Hammasi @yozamiz_support_bot orqali yuboriladi. Rasmiy botimiz — faqat shu.
Nimani yubormaslik kerak
- — Boshqa talabaning to'liq ishi. Bizga matn emas, faqat rasmiylashtirish talablari kerak.
- — Shaxsiy ma'lumotlar. Titul namunasida ism-familiya bo'lsa, imkon qadar o'chirib yuboring.
Yuborilgan fayllardan faqat rasmiylashtirish talablari olinadi; fayllarning o'zi 90 kundan keyin avtomatik o'chiriladi. Batafsil — maxfiylik siyosatida.